<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Xudovand - Choʻponim Mening (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Xudovand - choʻponim mening,
 Men muhtojlik koʻrmayman aslo!
 U meni yam-yashil yaylovlarda yotqizar,
 Orombaxsh suvlar boʻylab yetaklab borar.
 Jonimga U tetiklik kiritar,
 Oʻz nomi uchun meni togʻri yoʻlga boshlar!

[C1]
   /// Xudovand choʻponim mening! ///
   Men muhtojlik koʻrmayman aslo!

[V2]
 Oʻlim vodiysi zulmatida yursam ham,
 Dahshatlardan men qoʻrqmayman.
 Chunki Sen menga hamrohdirsan,
 Oʻz hassangu xiviching
 Menga tassali berar!

[V3]
 Yovning koʻz oʻngida
 Menga dasturxon tuzagansan,
 Xushboʻy moy ila moylagansan boshimni,
 Lim - Lim toʻldirgansan kosamni.
 Umrim boʻyi xayru inoyat izimdan yurar,
 Bor kunlarim Xudovandning uyida oʻtar</lyrics>
</song>